Mehr oqibat haqida hikoya?

Оʻzbek tili | 5 - 9 классы

Mehr oqibat haqida hikoya.

Tinchlik totuvlik haqida hikoya.

​.

Ответить на вопрос
Ответы (1)
Ирина9828 28 сент. 2024 г., 22:43:51

Ответ :

Bir insonga ko`p izzat - hurmat va boylik be­rildi.

U o`z jigarlari va yaqinlariga qo`ldan kelganicha yordam berardi.

Ayniqsa, kenja ukasiga ko`p yordam qildi.

Chunki aka otaning pandiga qu­loq solib, qiyinchiliklar evaziga ko`zla­gan maq­sa­diga erishayotgandi.

U oqibat nimaligini yaxshi bilardi.

Hech vaqt ota - onasi­ning so`zini ikki qilmasdi.

Ammo uka akasiga hasad qilar, zim­dan akasining savdosiga ko`z olay­tirib, do`kon­dagi mollaridan o`marardi.

Bo­rib - borib ukaning sirlari ochildi.

Aka ota - onaga shikoyat qildi.

Ular ukaga qattiq tanbeh berib, ko`p nasihatlar qildi.

Uka bu ishni qaytarmas­likka va`da berib, akadan ming bor uzr so`radi.

Ammo akaga nisbatan ha­sadi tinchlik bermasdi.

Yana xiyonat yo`liga o`tdi.

Aka - uka o`rtasida nizo chiqdi, o`rtada oqibat o`ldi.

Yomon nafs g`olib bo`ldi, shayton xursandchi­likdan nog`ora chaldi.

Bunga qo`shimcha uka uyalmasdan akasiga :

– Men senga hasad qilaman, nima uchun sen omadlisan?

Nimaga senga beriladi - yu, menga esa yo`q!

– dedi yuzsizlarcha sensirab.

– Chunki senda insof yo`q!

Sabr - qanoat, shukr va oqibat yo`q!

Sening qalbingni hasad ke­miradi.

Ota - onamizning aytganlarini qilib, sadoqat bilan ishlaganingda qo`limdan kelgan hamma yordamni qilmoqchi edim.

Afsuski, sen xiyo­nat yo`lini tanlading, nafsingga qul bo`lib, o`z jigaringga xiyonat qilishdan ham qo`rqma­ding!

Sen birovning musibatidan shodlanma, o`zga­ning omadiga kuyma, har qanday yaxshilik va yomonlik o`zingga qaytib xorlikka uchratganda qo`l­dan bergan baxt - omadingni ortga qaytarol­may­san, shuni unutma!

– dedi aka.

Akaning ko`ngil oyi­na­si sindi, ikki jigar o`rtasidan oqibat ketdi.

Oqi­bat o`ldi, ko`ngil sindi, singan ko`n­gil­ni nima che­galay oladi?

Ulug`larimiz demishkim : “Birovning husni - jamoli va boyligini ko`rsang, hasad qilma va darhol o`zgalarga nazar sol.

Bu dunyoda sendan ko`ra xunukroq va kambag`alroqlar ham bor - ku”.

Husnu jamol Parvardigorning san`atidir.

U kimni xohlasa go`zal qiladi.

Mol - dunyo, martaba va mansab ham imtihon uchun beriladi.

Shunday ekan, ey azizim!

Aslo hasad bilan boylik va ulug`likka erishaman deb xato qilmang!

Odam farzandiga boqibon hayhot,

Qilgan amallarin ko`rib, dersan dod.

Ba`zilar azada uradi xandon,

To`yu tomoshada qiladi faryod.

Объяснение :

Tdima01 27 февр. 2024 г., 05:46:31 | 5 - 9 классы

O'zbekiston bayrog'i haqida matn?

O'zbekiston bayrog'i haqida matn.

На этой странице находится вопрос Mehr oqibat haqida hikoya?, относящийся к категории Оʻzbek tili. По уровню сложности данный вопрос соответствует знаниям учащихся 5 - 9 классов. Здесь вы найдете правильный ответ, сможете обсудить и сверить свой вариант ответа с мнениями пользователями сайта. С помощью автоматического поиска на этой же странице можно найти похожие вопросы и ответы на них в категории Оʻzbek tili. Если ответы вызывают сомнение, сформулируйте вопрос иначе. Для этого нажмите кнопку вверху.